Oshxona shinam, qulay va funksional bo‘lishini har bir beka orzu qilsa kerak. Shinamlik va qulaylikni biroz sabr va fantaziyani ishga solib, o‘zimiz ham yarata olamiz.
Afsuski, zamonaviy xonadonlarning aksariyati katta va keng oshxonaga ega emas. Shuning uchun bunday xonadon bekalari joyni tejash maqsadida turli hiylalarni ishga soladi.
Pichoq yoki qaychilarni saqlash uchun magnitlardan foydalanish mumkin. Uning qulayligi shundaki, pichoqlar har doim qo‘l ostingizda bo‘ladi.
Ko‘pincha plastik paketlarni estetik jihatdan chiroyliroq saqlash muammosiga duch kelamiz. Odatda ularni bitta kattasiga solib, shu tarzda saqlaymiz. Biroq ular uchun matodan uzun xaltacha tikib, unda paketlarni original va shinamlikni buzmaydigan holda saqlashimiz mumkin.
Sochiqchalarni ilib qo‘yish uchun oddiy yog‘och qistirgichlardan foydalanishimiz mumkin. Buning uchun ularni devorga yopishtirib qo‘yish kerak bo‘ladi. Sochiqchalarni bunday saqlash o‘ziga xos ko‘rinadi hamda ilgaklar sotib olish va ular uchun devordan teshik o‘yishdan sizni xalos etadi.
Ziravorlar va turli sochiladigan mahsulotlar har qanday oshxonaning ajralmas qismi hisoblanadi. Shakar, tuz, yorma kabilar ovqat tayyorlash jarayonida doim kerak bo‘ladi. Bir xil bankacha yoki shishalarga joylashtirilgan ziravorlar chiroyli ko‘rinadi. Ularni shkafning qaysidir qismiga yashirishga majbur bo‘lmaysiz. Stol qirrasidagi javonni bunga moslashtirish mumkin.
Choynakni bezash uchun “telpakchalar” to‘qish mumkin. Ular choyning issiqligini uzoqroq saqlashga yordam beradi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)