IShID terrorchi guruhi jangarilari Iroqning Mosul shahrida mahalliy aholi vakillarini yoppasiga qirg‘in qilmoqda. Bu haqda, “ash-Sharq al-Avsat” gazetasiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
BMTning Iroqdagi missiyasi vakillarining shohidlik berishicha, IShID oxirgi bir necha kun ichida ilgari Mosul politsiyasida ishlagan 50 erkakni qatl qildi. Bundan tashqari, Iroq armiyasi bilan hamkorlikda gumon qilingan 70 shaharlik qiynab o‘ldirildi, 15 kishi qo‘l-oyog‘i bog‘langan holda Frot daryosiga tashlab yuborildi.
Aytilishicha, ayni paytda terrorchi otryadlar shaharning Frot o‘ng sohilidagi qismida to‘planmoqda. Iroq hukumat qo‘shinlari hamda kurdlarning “peshmerga” harbiylashgan militsiyasi shaharning aynan shu qismiga asosiy zarbalarni bermoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)