Joze Mourinyo bilan o‘zaro o‘yinlarda ustunligi bor bo‘lgan Premyer-Liga murabbiylari (foto)
Angliya futboli nashrlari APLda faoliyat olib boradigan va o‘zaro o‘yinlarda Joze Mourinyodan ustunroq bo‘lgan mutaxassislar nomini keltirib o‘tdi.
Foto: Shutterstock“Chelsi” bilan bir necha bor chempion bo‘lganiga qaramay, Joze Mourinyo yaqqol ustunlik qila olmagan murabbiylar quyida ko‘rsatib o‘tilgan.
Alan Pardyu
Foto: CAPardyu “Nyukasl”da ishlab yurgan yillari Mourinyoga oson bo‘lmagan. O‘zaro o‘yinlarning 3 tasida Pardyu jamoasining qo‘li baland kelgan bo‘lsa, Joze ikki bor Alandan ustunlik qilgan.
Toni Pyulis
Foto: CA“Vest Bromvich” ustozi tarkib borasida “Chelsi”ga yaqinlasha olmasa ham, Mourinyoga bo‘yin egishni istamasdi. 2 ta g‘alaba, 2 ta durang va 2 ta mag‘lubiyat — tenglik.
Klaudio Ranyeri
Foto: CARanyeri ham Mour bilan 6 bor to‘qnash kelgan: 2 ta g‘alaba, 2 ta durang va 2 ta mag‘lubiyat.
Rafael Benites
Foto: CABir-birini ko‘rishga-da ko‘zi yo‘q Benites hamda Mourinyo 12 marta raqib bo‘lgan. 4 tadan g‘alaba va 4 ta durang. Qiziq tomoni, “Inter”ga ham, “Real”ga ham Benites aynan Mourinyoning o‘rniga borgan.
Yurgen Klopp
Foto: CAKlopp “Borussiya Dortmund”da faoliyat olib borayotganidayoq Mourinyoning asabida o‘ynashga ulgurgandi. Klopp hisobida 3 ta g‘alaba bor, 2 ta durang va 1 ta mag‘lubiyat.
Xosep Gvardiola
Foto: CA
17 bor Gvardiola va Mourinyo to‘qnashuvi bo‘lib o‘tgan. Pepda 8 ta g‘alaba bor, 6 ta durang ham. Mourinyoga zafar quchish uch bor nasib qilgan, deb yozdi “Championat.asia”. 26-oktabr kuni bu mutaxassislar Angliya Kubogi doirasida 18-bor to‘qnash keladi.
Izoh (0)