Hamma o‘z yumushi bilan shoshilayotgan, biroq mazali va to‘yimli nonushta istagi ishtahani qitiqlayotgan tong mahali makzur retsept sizga rosa asqotadi. Usti qarsildoq, ichi mayin bu shirin kulchalar oila a’zolaringizning sevimli shirinligiga aylanadi, deb ishongimiz keladi. Ularni tayyorlash uchun bor-yo‘g‘i 15 daqiqa vaqt ketadi — buni o‘zingiz ham sinab ko‘rishingiz mumkin.
Kerakli masalliqlar
- 155 gramm un;
- 2 choy qoshiq razrixlitel;
- bir chimdim tuz;
- 55 ml sut;
- 55 ml qatiq;
- 50 gramm shakar;
- 55 gramm sariyog‘;
- qovurish uchun o‘simlik yog‘i.
Tayyorlanishi
Dastlab yog‘ni qizdirish uchun qo‘ying. Elangan unga razrixlitel va tuzni qo‘shing. Sut va qatiqni shakar hamda eritilgan va biroz sovutilgan sariyog‘ bilan alohida ko‘pirtiring. Shakar donachalari erigandan so‘ng, suyuqlikka quruq masalliqlarni qo‘shing.Masalliqlar yaxshi birikkuncha ularni aralashtiring. Xamirni juda ko‘p aralashtirish yoki buning uchun mikserdan foydalanish tayyor kulchalarning qayishqoq bo‘lib qolishiga olib keladi. Shuning uchun ehtiyot bo‘ling.
Kaftingizga o‘simlik yog‘ini yengil surib, taxminan yarim osh qoshiq xamir olib, undan kulcha yasang. Uni ehtiyotkorlik bilan qizigan yog‘ga solib, tillarangga kirguncha qovurib oling. Ulardagi ortiqcha yog‘dan qutilish uchun kulchalarni salfetka ustiga qo‘yish mumkin.
Izoh (0)