Yaponiyaning Kumamoto prefekturasida joylashgan Aso vulqoni 8-oktabr, shanba kuniga o‘tar kechasi otila boshladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Vulqon kul ustunlarini 11 ming metr balandlikkacha otmoqda.
Hozirgi paytga qadar jabrlanganlar haqida ma’lumotlar kelib tushmadi.
Yapon meteorologlarining ma’lum qilishicha, bu 1980-yilning yanvaridan buyon birinchi portlovchi otilishdir. Asoning oddiy otilishlari tez-tez bo‘lib turadi, oxirgisi joriy yilning aprelida yuz bergan edi.
Aso vulqonining balandligi 1 592 metrni tashkil etadi.
Izoh (0)