Rossiyada taniqli aktrisa Lyudmila Ivanova 83 yoshda olamdan o‘tdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Lyudmila Ivanova. Foto: TJournal

Lyudmila Ivanova. Foto: TJournal

Aktrisa Moskva shahar 13-klinik shifoxonasida hayotdan ko‘z yumdi.

Ivanova “Ishdagi ishq” filmida Shura rolini ijro etgan edi. U jami 80 kinofilmda rol ijro etgan.

Aktrisa, shuningdek, ko‘plab musiqa va she’rlar muallifi edi. 2014-yilda u RF Yozuvchilar uyushmasi a’zosiga aylangan edi.