Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Eronning Team Melli nashri mamlakat bosh jamoasining JCh—2018 yo‘lidagi O‘zbekistonga qarshi o‘yini oldidan tanqidiy maqola chop etdi va unda bosh murabbiy Karlush Keyrush haqida keskin fikrlar bildirdi. Maqolaning o‘zbekcha varianti “Championat.asia” saytida keltirildi.

Foto: Varzesh11.com

Foto: Varzesh11.com

Unda Eron termasi o‘z muxlislarini hafa qilmaslik va tanqidchilarga mavzu topib bermaslik uchun ham o‘z ustida ishlashi kerakligi yozilgan. Boisi fors futbolchilari Qatar va Xitoyga qarshi avvalgi ikki uchrashuvda imkoniyatlardan foydalanishda oqsagan.

Qatarga qarshi o‘yinda Eron gol urishi uchun raqibning juda qo‘pol xatosi kerak bo‘ldi. O‘sha kuni forslar omad kelgani uchungina g‘alaba qozongani maqolada aytib o‘tilgan. Xitoyga qarshi bellashuvda shunday xatolar va omad yo‘qligi bois Eron gol ura olmagan.

Raqiblar Eron o‘yinini yetarli darajada o‘rgangani ko‘rindi. Eronlik futbolchilarda esa raqib himoyasini yorib o‘tish uchun g‘oyalar tugab qolgandek, deb yozilgan Team Melli’da. Sardor Azmunga oshirilayotgan to‘plarni raqib futbolchilar osongina egallab olayotgani Karlush Keyrush termani Ali Dayiga topshiradigan vaqt kelganiga ishora qilmoqda.

Keyrushning eng no‘noq tomoni sifatida himoyani yorib o‘tish uchun qo‘shimcha rejalari yo‘qligi ta’kidlangan. Uzoq masofadan beriladigan zarbalar ikki o‘yinda ham foyda bermadi. Xatto ayrim muxlislar qiyshiq tepilgan to‘plarni uylariga sovg‘a sifatida olib ketishdi, deb yozilgan maqolada.

Eron terma jamoasida hujum qilishning yagona uslubi bor — qanotlardan hujumga o‘tish. Bu falsafa 180 daqiqadan beri foyda bermayapti. Yaxshi tashkil etilgan, kuchli va bo‘ydor futbolchilari bor bo‘lgan O‘zbekistonga qarshi bunday uslubning samara bermasligi aniq, deb ko‘rsatilgan.

Murabbiy yer va havoni ayblayvermasdan, o‘z strategiyasini o‘zgartirishi kerak. Hamma o‘yinlarda bitta o‘yin uslubi foyda bermaydi, bu tavakkaldan boshqa narsa emas.

Keyrush OAV, futboli rahbarlari yoki muxlislar bilan tinimsiz janjal qiladi. O‘zi haqida yomon taassurot qoldirishdan charchamaydi. U o‘zini boshqara olmasligi uchun ham Qatarga qarshi o‘yinda 4 nafar futbolchi sariq kartochka bilan jazolandi, deb yozildi risolada.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Eron termalari o‘rtasidagi JCh—2018 saralash o‘yini 6-oktabr kuni 18:00 da “Bunyodkor” stadionida boshlanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Shou-biznes
Yillar davomida tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan Gollivud aktyorlari (foto)