Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Google kompaniyasi Pixel smartfonlari namoyishidan so‘ng Daydream virtual reallik shlemi, Google Wi-Fi marshrutizatori, Chromecast Ultra TV-pristavkasini va Google Home yakuniy versiyasini taqdim etdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.

Foto: “Hi-tech.mail.ru”

Foto: “Hi-tech.mail.ru”

Daydream shlemi Google Cardboard kabi ko‘pchilik smartfonlar uchun universal bo‘ladi. Virtual reallik interfeysini maxsus pult yordamida boshqarish mumkin. Pixel smartfonlari ushbu VR-tizimni qo‘llab-quvvatlovchi birinchi smartfonlar bo‘ldi. Shlem narxi — 79 dollar.

Foto: “Hi-tech.mail.ru”

Foto: “Hi-tech.mail.ru”

Chromecast TV-pristavkasining yangi, Ultra modeli 4K-videoni ko‘tara oladi, o‘zidan oldingi modeldan 1,8 marta tezroq ishlaydi. Narxi — 69 dollar.

Foto: “Hi-tech.mail.ru”

Foto: “Hi-tech.mail.ru”

Google Wi-Fi marshrutizatorini uydagi bir nechta routerlardan iborat maxsus massivda Wi-Fi bir tekisda tarqalishi uchun ishlatish mumkin. Bitta qurilma 129 dollar, uchtadan iborat to‘plam esa 299 dollar turadi.

Foto: “Hi-tech.mail.ru”

Foto: “Hi-tech.mail.ru”

Uy uchun “aqlli” qurilma — Google Hub’ning so‘nggi versiyasi namoyish etildi. Unga Google Assiatant ovozli yordamchi qo‘shildi, u bilan tirik odam kabi gaplashish mumkin. Yordamchidan taom retseptini, ibora tarjimasini, chiroq, musiqani yoqishni so‘rash mumkin. Qurilma narxi — 129 dollar.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar