Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston va Eron milliy terma jamoalari o‘rtasidagi 6-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan JCh—2018 saralash uchrashuvini avstraliyalik Benjamin Jon Uilyams boshqarib boradi. Unga qanotlarda vatandoshlari Devid Uelsh hamda Natan Makdonald ko‘mak beradi.

Foto: zimbio.com

Foto: zimbio.com

Jon Uilmyas O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi olti uchrashuvda ishlagan bo‘lib, 3 nafar o‘zbekistonlik futbolchini maydondan chetlatishga ulgurgan va bir marta O‘zbekiston darvozasi tomon penalti belgilagan.

2007-yil O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Janubiy Koreyadan 1:2 hisobida yengilgandi. O‘sha uchrashuvda Jon Uilyams ikki nafar o‘zbekistonlik futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatgan.

2008-yil yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida u o‘zbekistonlik darvozabonni maydondan chetlatgan. 0:0 hisobi bilan yakuniga yetgan bellashuvdan keyingi penaltilar seriyasida omad O‘zbekistonga kulib boqqan.

2015-yilgi Osiyo Kubogida O‘zbekiston termasi Saudiya Arabistoni bilan to‘qnash kelganida Jon Uilmyas o‘zbekistonliklar darvozasi tomon penalti belgilagan. O‘sha bellashuv Saudiyaning 1:3 hisobidagi mag‘lubiyati bilan nihoyasiga yetgan.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi avstraliyalik hakam boshqargan bellashuvlarda Janubiy Koreya va Iordaniya bilan durang o‘ynagan — 2:2 va 1:1.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eronga qarshi Toshkentda uchta o‘yinda ishtirok etgan bo‘lib, biror marta ham gol ura olmagan. 3 ta o‘yindan 2 tasi 0:1 hisobida boy berilgan.

6-oktabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi Benjamin Jon Uilyams hakamlik qilayotgan bellashuvda ishtirok etsa, shu kuni o‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov Avstraliyaning Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yinini boshqarib boradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Shou-biznes
Yillar davomida tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan Gollivud aktyorlari (foto)