• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Sevara Nazarxon o‘zbekistonlik hamkasblari, kinoda rol ijro etishi va onalik baxti haqida

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida o‘zbekistonlik hamkasblari, kinoda rol ijro etishi va onalik baxti haqida so‘zlab berdi, deb yozadi “Darakchi.uz”.

    Foto: “Mediabay.uz”

    Foto: “Mediabay.uz”

     — Bilishimcha, siz ayni kunlarda yangi albom ustida ish olib boryapsiz...

    — Gapingiz to‘g‘ri, biz ijodkorlar muxlislarimizga qo‘shiqlarimizning sarasini ilinamiz. Yangi albomga kelsak, u deyarli tayyor. Ammo taqdim etish sanasi hozircha noaniq. Bu borada hali bir to‘xtamga kelmadik.

    Yangi musiqiy to‘plamdan o‘rin olgan barcha qo‘shiqlarimning musiqasini o‘zim yozdim. Bu haqdagi batafsil ma’lumotlarni muntazam ravishda ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifam orqali berib boryapman.

    — O‘zbek ijodkorlaridan kimlarinng qo‘shiqlarini eshitasiz?

    — Milliy qo‘shiqlarimizning o‘ziga xos, hech qayerda uchramaydigan ohangini sog‘inaman. Bunday paytlarda odatda Tavakkal Qodirovning ijodiga murojaat etaman. Shou biznesimizdagi xonandalarning ijodini kamdan kam eshitaman. Oxirgi marta xonanda Shahriyorning albomini tingladim. To‘plam hali oxirigacha tugallanmagan bo‘lsa-da, ko‘p tomonlama menga ma’qul bo‘ldi. Shahriyorning yoshi ulg‘aygani qo‘shiqlaridan sezilib turibdi.

    — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Holiqov, “Setora” guruhining birinchi tarkibi bilan kuylagan duetlaringiz juda mashhur bo‘lgandi. Yana kimlar bilan hamkorlik qilishni istardingiz?

    — Agar bir tinglashning o‘zida qo‘shiqni “sevib” qolsam va duetdoshim haqqoniy kuylay oladigan ijodkor bo‘lsa, takliflarni qabul qilaman.

    — Masalan, Jahogir Otajonov?

    — Nega endi yo‘q?! Bo‘lishi mumkin.

    — Aktrisa Asal Shodiyeva sizning ijodingizni kuzatib turishini ijtimoiy tarmoqlardagi suratlaridan bildirib turadi. Siz ham uning ijrosidagi filmlarni tomosha qilasizmi?

    — Asal juda yoqimtoy aktrisa. Samimiyatini va ochiqko‘ngilligini hurmat qilaman. U bilan suhbatlashish yoqadi. Ammo filmlari haqida hech narsa deyolmayman.

    — Rossiya telekanallarining birida “Toch-v-toch” loyihasida ishtirok etdingiz. Ushbu loyihadan aktyorlik mahoratingiz kuchli ekanligini sezdik. Kino san’atida ham o‘zingizni sinab ko‘rish niyatingiz bormi?

    — Ba’zida ijodiy rejalarimni xayolan ko‘z o‘ngimdan o‘tkazaman (o‘ylanib). Lekin sira kinoda o‘zimni tasavvur etolmayman. Chunki aktyorlik mahoratimni unchalik yuqori baholamayman. Ammo mahoratli rejissyor va yaxshi ssenariyli filmga taklif etishsa, bir martagina o‘zimni sinab ko‘rishim mumkin. Ammo aytib qo‘yay, yaxshi aktrisa emasman deb avvaldan ogohlantirdim. Shu sabab bir kun kelib meni kinoda ko‘rganingizda, “shu rolni o‘ynamagani yaxshi edi”, demaysiz (kuladi).

    — Aytishlaricha fe’l- atvoringiz biroz og‘ir ekan...

    — Men birovlar bilan o‘zim haqimda gaplashmayman. Balki atrofimdagilarning o‘zi og‘ir fe’lli bo‘lishgani uchun menga shunday ta’rif berishgandir…

    — Hayotiy prinsiplaringiz haqida gapirib bersangiz.

    — Bu haqida gapirsam, suhbatimiz ancha vaqtga cho‘zilib ketishi aniq. Chunki bu uzoq gapiriladigan mavzu. Mayli, shunday bo‘lsa-da, prinsiplarimni qisqaroq tushuntirib berishga harakat qilaman. Hayotda mayda-chuyda, e’tibor talab qilmaydigan narsalarga ahamiyat bermaslikka harakat qilaman. Ular hayotni qiyinlashtiradi. Inson doim sevimli kasbi yoki mashg‘ulotlari bilan band bo‘lib, o‘zini baxtli his etib, yashashi kerak deb hisoblayman.

    — O‘zingizni tushunmaydigan paytlaringiz ham bo‘ladimi?

    — Albatta! Ayniqsa Xitoy tilida gaplashsam o‘zimni-o‘zim sira tushunmayman (kuladi).

    — Yaqinda yana bir bor onalik baxtiga erishdingiz. Qizingiz Imon Anvardan keyin hayotingizda qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?

    — Farzandli bo‘lish baxti va quvonchini oddiy so‘zlar bilan ta’riflash, izohlab berish mushkul. Qizim tug‘ilgach, baxtimiz ikki karra oshdi deya olaman. Bunday baxt hammaga nasib etsin deb tilab qolaman.

    — Imon Anvar dadangizning xotirasiga qo‘yilgan ismligi rostmi?

    — Bu ism otamning biz farzandlarga bergan mehri, hayotda doim yaxshi ota bo‘lishga intilishidan xotira.

    — O‘zga davlat safarlarda bo‘lganingizda, Vatan sog‘inchini qanday yengasiz?

    — Vatan mening qalbimda! Sog‘inganimda esa qalbimga quloq tutaman va u albatta meni eshitadi.

    — Ashaddiy muxlislaringiz xorijdagi konsert dasturlaringizni internet tarmoqlari orqali kuzatib borishadi. Ammo hammani qiziqtirgan savol bor, ya’ni Sevara Nazarxon qachon O‘zbekistonda yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi?

    — Tashkiliy ishlarni hal qilsak, tez orada yakkaxon konsert berish niyatidamiz.

    30.09.2016, 10:22   Izoh (0)   159967
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Sotqin” filmi Qozog‘istondagi xalqaro kinofestivalda qatnashadi

    29.09.2016, 10:14

    Jastin Biber Finlyandiyaning “Yokerit” xokkey klubi o‘yinchilari bilan mashg‘ulot o‘tkazdi

    28.09.2016, 12:09

    Xakerlar Bred Pittning vafoti haqidagi yolg‘on xabar ko‘rinishida virus yaratdi

    28.09.2016, 09:33

    Tom Xenks xiyobonga yugurishga chiqib, notanish kelin-kuyovning fotosessiyasida qatnashdi

    27.09.2016, 08:34

    “O‘rgimchak odam” aktyorlaridan biri Bill Nann olamdan o‘tdi

    25.09.2016, 15:21

    Bred Pitt o‘g‘li Meddoks bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgani uchun javobgarlikka tortilmaydigan bo‘ldi

    25.09.2016, 10:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Irim sababli emas: nima uchun uydagi o‘rgimchakni o‘ldirish tavsiya etilmaydi?

    Layfstayl | 12 iyul, 12:35

    Iroqdagi Kurdiston ishchilar partiyasi a’zolari Turkiya bilan kelishish uchun o‘z qurollarini yoqib yubordi

    Dunyo | 12 iyul, 12:20

    Marlon Tapales Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang oldidan yaponiyalik bokschiga yordam beradi

    Sport | 12 iyul, 12:10

    Olmaotaga ketayotgan fuqaro O‘zbekistondan olib chiqilishi mumkin bo‘lmagan gilam bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 12:00

    Tramp Ukraina uchun yangi yordam paketini tayyorlamoqda — Politico

    Dunyo | 12 iyul, 11:45

    YouTube endilikda sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan videoroliklarga pul to‘lamaydi

    Layfstayl | 12 iyul, 11:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.