Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentdagi AQSh elchixonasi Tash‘N’Roll guruhi ishtirokida rok-konsert namoyish etgan holda XV Deniyel Perl Jahon musiqa kunlarida qatnashadi. Bu haqda “Daryo”ga elchixona matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: UzReport

Foto: UzReport

Konsert 30-sentabr kuni soat 19:00 da Chilonzorda joylashgan avvalgi AQSh elchixonasi binosida bo‘lib o‘tadi.

Elchixona Deniyel Perl jamg‘armasi homiyligidagi xalqaro konsertlar tarmog‘ining bir qismi sifatida oltinchi marta bunday ko‘ngilochar tadbir o‘tkazmoqda. Jamg‘arma bag‘rikenglik va insoniylik tarafdori ekanini qayta tasdiqlash maqsadida musiqa kuchidan foydalanib kelmoqda.

“Insonparvarlik borasida uyg‘unlik” mavzusini qamrab olgan ushbu yillik tadbir 2002-yili Deniyel Perl Pokistonning Karachi shahrida terrorchilar tomonidan o‘g‘irlab ketilib, vahshiylarcha o‘ldirilishiga javob tariqasida tashkil etilgan. 2002-yildan buyon Deniyel Perl Jahon musiqa kunlari doirasida 140 mamlakatda 13900 dan ortiq madaniy tadbir tashkil etilgan.

2015-yili Toshkentda tuzilgan Tash‘N’Roll o‘ziga xos amerikacha guruh bo‘lib, uning a’zolari Toshkent xalqaro maktabi, Toshkent xalqaro klinikasi va AQSh elchixonasi xodimlaridir. Rok-guruh repertuaridan 60–90-yillarga oid hamda zamonaviy kuy-qo‘shiqlar joy olgan.

Konsert keng jamoatchilik uchun ochiq, ammo avvaldan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Ro‘yxatga olish 28-sentabr soat 18:00 gacha davom etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Andijonda 127 ming nafar ishsiz fuqaro mavjud. Har yili yana 50 ming nafar yoshlar mehnat bozoriga kirib keladi” — prezident 
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-fevraldan metan zapravkalar faoliyati tiklanadi
Mahalliy
Jizzax, Samarqand, Farg‘onada elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, qariyb 250 mln so‘m zarar yetkazgan tadbirkorlar ushlandi