20-sentabr kuni O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan ICTWEEK Uzbekistan 2016 haftaligi doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha sammit o‘tkazildi. Bu haqda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Sammit tashkilotchilari O‘zbekiston IT uyushmasi va ICTNEWS Conferences, homiysi — Huawei Tech Investment Tashkent, axborot hamkori — UzreportTV telekanali bo‘ldi. Davlat ko‘magini Vazirlar Mahkamasi va vazirlik ko‘rsatdi.
Tadbirda Xalqaro elektr aloqa ittifoqi, Janubiy Koreya, Xitoy, Fransiya, Rossiya, Ozarbayjon, Ukraina, xalqaro tashkilotlardan 300 ga yaqin delegat, shuningdek, davlat boshqaruvi va hokimiyati organlari vakillari, yetakchi IT-kompaniyalar xodimlari ishtirok etdi.
Sammit dasturi keng miqyosli savollarni qamrab oldi, ular, jumladan, davlat organlari va iqtisodiyotning real sektoriga axborot tizimlari va resurslarini joriy qilishga oid edi.
O‘zbekistonda AKT sammiti 2003-yildan buyon muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Har yili sammit doirasida jahonning yetakchi mutaxassislari va yirik tuzilmalari vakillari soha bo‘yicha turli masalalarni muhokama qiladi.
Izoh (0)