Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2016-yilning 21—25-sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya o‘z ishini boshlagan BMT Bosh Assambleyasi 71-sessiyasining umumsiyosiy munozaralarida ishtirok etadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Arxiv. Foto: UN

Arxiv. Foto: UN

Shuningdek, delegatsiyaning Nyu-York shahriga tashrifi dasturidan Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlarining muvofiqlashtiruvchi uchrashuvida nutq so‘zlash hamda qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, BMT Bosh Assambleyasi 71-sessiyasining majlisi O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirish bilan boshlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi