Jizzaxlik hojilar ziyoratlarini davom ettirmoqda
Jizzax viloyatidan tashrif buyurgan hojilar ibodatlarini masjidul Haramda ado etmoqda, deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati.
Ular bugun, 19-sentabr kuni muborak Ka’bani tavof qilib keldi. “U yerda zam-zam suvidan to‘yib ichdilar. Jizzaxlik barcha hojilarimiz sog‘ va salomat. Ular xalqimiz farovonligi, yurtimiz tinchligi, farzandlari baxt-u iqbolini Yaratgandan so‘rab duolar qilmoqdalar”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 18-sentabr kuni kechqurun o‘zbekistonlik hojilarning birinchi guruhlari vatanga sog‘-salomat qaytdi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar