Buyuk Britaniyada oxirgi 115 yil davomidagi eng jazirama sentabr kuni qayd etildi. Britaniya metereologiya byurosining ma’lum qilishicha, maksimal issiqlik — Selsiy bo‘yicha 34,4 daraja Angliya janubi-sharqidagi Kent grafligida qayd etildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
London shahrining eng issiq nuqtasi Xitrou aeroporti atrofi bo‘ldi — u yerda termometr 32,8 darajani ko‘rsatdi.
“Mamlakat janubi-sharqidagi harorat 1911-yildan buyon kuzatilgan maksimum bo‘ldi. Ammo Buyuk Britaniyaning hammayog‘i ham bu qadar jazirama emas, Shotlandiya va Shimoliy Irlandiyaning ayrim hududlarida harorat 14 daraja bo‘lib turibdi”, — ma’lum qildi ob-havo byurosi vakili Grem Mej.
Sinoptiklarning fikricha, jazirama ob-havo mamlakatda yana bir necha kun hukm suradi. Milliy sog‘liqni saqlash xizmati xodimlari tahdidning “sariq” darajasini joriy qilib, odamlarni quyosh nurlari ostida kamroq bo‘lishga chaqirdi.
Izoh (0)