Rim papasi Fransisk 17-avgust, chorshanba kuni Fransiya respublikasi prezidenti Fransua Ollandni huzurida qabul qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Olland Vatikanga tashrif buyurishdan avval Rim markazidagi fransuzlarning bosh katolik ibodatxonasi San-Luiji-dey-francheziga tashrif buyurdi va u yerda terrorizm qurbonlariga bag‘ishlangan mehrobda ibodat qildi.
Uchrashuv pontifikning Pavel VI nomidagi auditorium huzuridagi ishchi kabinetida bo‘lib o‘tdi. Rim papasi va Fransua Ollandning yuzma-yuz uchrashuvi 40 daqiqa davom etdi va Muqaddas ibodatxona matbuot xizmatining ma’lum qilishicha samimiy vaziyatda kechdi.
Avvalroq Olland ma’lum qilganidek, uchrashuvda Sharqda xristianlarni himoya qilish, migratsiya va dinlararo munosabatlar mavzulari muhokama etildi.
Fransiya prezidenti, shuningdek, Vatikan Davlat kotibi (hukumat rahbari) kardinal Pyetro Parolin bilan suhbatlashdi. Unga ichki ishlar vaziri Bernar Kaznyov hamrohlik qildi.
Izoh (0)