Apple kompaniyasi iPhone 7 prezentatsiyasi arafasida o‘z rejalarini qaytadan ko‘rib chiqdi. Kompaniya bir kamerali iPhone 7 Plus’ni ishlab chiqarishdan voz kechib, faqat ikki kamerali iPhone 7 Pro’ni xaridorlarga taqdim etadi. Bu haqda, Nikkei nashriga asoslanib, “Hi-Tech.Mail.ru” xabar bermoqda.
Ilgariroq Apple uchta yangi smartfon chiqarishi ma’lum qilingan edi. iPhone 7 bitta kamera hamda 4,7 dyuymli ekranga, iPhone 7 Plus — bitta kamera va 5,5 dyuymli ekranga, iPhone 7 Pro — ikkita kamera va 5,5 dyuymli ekranga ega bo‘lishi aytilgan edi.
Ammo, nashrning ma’lum qilishicha, bahor oylarida, prezentatsiyaga olti oydan kamroq vaqt qolganida Apple telefonlarning biridan voz kechdi. Katta ekranli iPhone 7 qanday nomlanishi (Pro yoki Plus) hozircha noma’lum.
Izoh (0)