ICE birjasida Brent rusumli neftining bir barreli narxi 10-avgust kuni 45 dollardan pastga tushdi, savdolar qizil zonada davom etdi. Yarim soat ichida ushbu rusumdagi neft narxi 2,5 foizga — 45,67 dollardan 44,5 dollargacha tushdi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Birja trendining o‘zgarishi AQSh energetik axborot boshqarmasi (EIA) chop etgan ma’lumotlar tufayli sodir bo‘ldi. Tahlilchilarning prognozlariga ters ravishda, AQSh neft zaxiralarining umumiy hajmi 1,1 million barrelga o‘sgani ma’lum bo‘ldi.
5-avgust ma’lumotlariga qaraganda, AQSh tijoriy neft zaxiralari 523,6 million barrelga baholangan bo‘lib, bu yilning shu vaqti uchun tarixiy rekord bo‘ldi.
Izoh (0)