AQShning Orlando shahridagi SeaWorld dengiz bog‘ida istiqomat qiluvchi delfin bilan bog‘liq qiziqarli voqea jahon matbuotining diqqatini tortdi. Bu haqda, Daily Mail’ga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Boqqa tashrif buyurgan ayol o‘ziga tegishli iPad uskunasida syomka olib borayotgan paytda delfin suvdan sakrab, planshetni tortib oldi va uni suvga olib ketmoqchi bo‘ldi. Ayol shu zahotiyoq iPad’ni suvdan oldi, ammo, shunga qaramay, uskuna jiddiy zararlangani aytilmoqda.
Ushbu voqeadan so‘ng barcha delfinlar faollashib, boshqa turistlarga tegishli buyumlarni olib qo‘yishga urindi.
Delfinning xatti-harakatlari videoga tushirildi.
Izoh (0)