“Daryo” nashrida havaskor fotosuratchi Feruz Ibodullayevning Katta Chimyon cho‘qqisi va Urungach ko‘liga uyushtirgan sayohatlaridan olingan fotosuratlar e’lon qilingan edi.
Tabiatni suratga olishda usta bo‘lgan Feruz Ibodullayev 23—24-iyul kunlari Toshkent viloyatidagi tog‘lar bag‘rida, dengiz sathidan 1,7 ming metr yuqorida joylashgan yana bir ajoyib suv havzasi — Bodoqko‘lga safar qildi.
Bodoqko‘ldagi yulduzlarga to‘la osmon, kishini xayolga ko‘muvchi ufq, maftunkor tong va zilol ko‘l suratlarini tomosha qilib, tabiat qo‘yniga virtual sayr uyushtiring!
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)