Glazgo aeroportida (Shotlandiya, Buyuk Britaniya) ish joyida mast ahvolda bo‘lganligi uchun yo‘lovchi samolyotining ikki uchuvchisi hibsga olindi. Bu haqda Airlive portali ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Kanadaning Air Transat aviakompaniyasiga tegishli havo kemasining kapitani va ikkinchi uchuvchisi samolyot jamoasi uchuvchilar mast ahvolda ekanligini ma’lum qilgandan so‘ng hibsga olingan. Hodisa samolyot Torontoga parvoz qilishidan biroz avval yuz bergan.
“Biz surishtiruv natijalarini kutamiz, shundan keyingina biror izoh berishimiz mumkin. Ekipaj va yo‘lovchilarning xavfsizligi kompaniyamiz uchun ustuvor jihat hisoblanadi”, — dedi aviatashuvchi vakili.
Izoh (0)