“Sports.ru” blogeri Arkhem Knight bir yil davomida transfer narxi arzonlashgan 11 futbolchi haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, Xitoyning “Guanchjou Evergrand” hujumchisi Jekson Martinesning transfer narxi bir yilda keskin ravishda pasaygan. Bir yil avval uning narxi transfer bozorida 26,25 million funtni tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi kunda 29 yoshli futbolchining narxi 10,50 million funtga teng. Martinesning narxi avvalgiga nisbatan 60 foizga arzonlashgan.
Qayd etish kerakki, Xitoy klubi kolumbiyalik futbolchini 42 million yevro (taxminan 35 million funt)ga, ya’ni, transfer bozoridagi narxidan qimmatroqqa sotib olgandi.
Transfer narxi arzonlashgan futbolchilar orasida Madridning “Real” klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu ham bor. 31 yoshli forvardning narxi bir yil avvalgiga nisbatan 7,5 million funtga pasaygan. Uning bugungi kundagi narxi 82,5 million funtga baholangan.
“Real”ning yana bir futbolchisi, klubda asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotgan Xames Rodriges ham bir yilda 7,5 million funtga arozonlashgan. 24 yoshli kolumbiyalik yarim himoyachining hozirgi kundagi transfer narxi 52,5 million funtga teng.
Izoh (0)