Mutaxassislar Android operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalarda yangi – Godless deb nomlangan va antivirus dasturlari tomonidan topilmaydigan virus tarqalayotganini aniqladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, virus Google Play internet-do‘konidagi mobil dasturlar orqali tarqalmoqda. Godless virusi Android qurilma egasining ma’lumotlarini jamlab, katta ehtimol bilan jinoyatchilarga jo‘natmoqda. Smartfonida Android operatsion tizimi versiyasi 5.1 va undan yuqori bo‘lgan foydalanuvchilar ushbu muammoga duch keldi.
Mutaxassislarning qayd etishicha, yangi virusni na antiviruslar va na Google xizmatlari aniqlay olmoqda. Butun dunyo bo‘ylab 850 mingdan ziyod Android operatsion tizimida ishlaydigan gadjetlar Godless virusidan zararlangan.
Izoh (0)