Yevropa Chempionatining 2016-yilgisini rossiyalik futbol muxlislari alam bilan eslab qoladigan bo‘ldi. 2 tauchrashuvda 1 ochko jamg‘argan Rossiya terma jamoasi 3-turda Uelsga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi.
O‘yinning 11-daqiqasida Aaron Remzi hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 9 daqiqa o‘tib esa Nil Teylor Igor Akinfeyev qo‘riqlayotgan darvozani ikkinchi bor ishg‘ol qildi.Ikkinchi bo‘limda uelslik futbolchilar yana 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Avvalgi ikki turda 1 tadan gol urgan Garet Beyl Rossiya terma jamoasi darvozasiga urilgan uchinchi golga muallif qildi.
Mazkur g‘alaba Uels terma jamoasini “B” guruhining yetakchisiga aylantirdi. Buning uchun Beyl jamoadoshlariga 6 ochko kifoya qildi.
Slovakiya bilan golsiz durang o‘ynagan Angliya terma jamoasi 5 ochko bilan guruhni 2-o‘rinda yakunladi. Uelsdan farqli o‘laroq, Angliya guruh bosqichini mag‘lubiyatsiz o‘tkazdi.
Slovakiya terma jamoasi “B” guruhida ochkolari sonini 4 taga yetkazib oldi. 24 ta terma jamoa ishtirok etayotgan Yevroda eng yaxshi 4 ta 3-o‘rin egalari ham nim chorak finalga yo‘l oladi. Slovakiya mana shu to‘rtlikka kirish uchun asosiy da’vogar hisoblanadi.
Rossiya milliy terma jamoasi Yevro—2016 guruh bosqichini so‘nggi o‘rinda yakunlab, musobaqani tark etdi. Leonid Slutskiy murabbiyligidagi jamoa 1-turda 1 ta, 2-turda 2 ta, 3-turda 3 ta gol o‘tkazib yubordi.
[wpse_match id="351455" show_title=1]
[wpse_match id="351456" show_title=1]
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)