Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) prezidenti Mishel Platini Fransiyada bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionatiga tashrif buyumaydi. Bu haqda DPA’ga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

Avvalroq Fransiya futbol federatsiyasi Mishel Platinini Yevropa chempionatiga taklif qilish istagini bildirgan edi.

Manbaning ta’kidlashicha, Platini FIFA tashkilotining Ahloq qo‘mitasi tomonidan qo‘llanishi mumkin bo‘lgan yangi sanksiyalardan cho‘chimoqda. Platinining so‘zlariga ko‘ra, u UEFA rahbari lavozimini 14-sentabr kuni, tashkilotning Afinada bo‘lib o‘tadigan kongressida tark etadi.

Fransiyalik mutasaddi 2007-yildan buyon UEFAni boshqarib kelmoqda. 2011-yilda FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter Mishel Platiniga 2 million Shveysariya frankini noqonuniy ravishda o‘tkazib bergani uchun 2015-yilning dekabr oyida sakkiz yilga har qanday futbol faoliyatidan chetlashtirilgandi. Keyinchalik ushbu chetlashtirish olti yilga qisqartirildi. Shunday so‘ng, Platini Lozannadagi (Shveysariya) Sport arbitraj sudi (CAS)ga chetlashtirish muddatini qisqartirish bo‘yicha apellyatsiya berdi. Uning apellyatsiyasi qisman qondirildi – diskvalifikatsiya muddati olti yildan to‘rt yilgacha, jarima miqdori 80 mingdan 60 ming yevrogacha qisqardi.

Eslatib o‘tamiz, Yevro–2016 turniri 10-iyundan 10-iyulga qadar bo‘lib o‘tadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)