Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ufada “Ajdodlar merosi” diniy mazhabi fosh qilindi, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deya xabar bermoqda “Interfaks” Boshqirdiston prokuraturasiga tayanib.

Foto: “Kids.amur.net”

Foto: “Kids.amur.net”

Ufaning Sovetskiy tumanida joylashgan sekta xalq tabobatini amalda qo‘llagan, qamchi urish va “shifobaxsh suv” yordamida diniy marosimlar o‘tkazgan.

Seanslar chog‘ida tashkilot rahbarlari va a’zolari fuqarolarga ularda tabiblik qobiliyati ochilishi mumkinligiga ishontirgan, “muqaddas ajdodlar ruhlari”ga murojaat qilish kerakligi hamda Boshqirdiston va Qozog‘istondagi “muqaddas qadamjolar”ga tashrif buyurish zarurligini uqdirgan.

Bundan tashqari, tashkilot rahbari tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lmagan holda o‘z bemorlariga turli tashxislar qo‘ygan va ularni davolashga va’da bergan. Shu bilan birga, u bemorlarni kasalxonalarga murojaat qilish va dori ichish fikridan qaytargan.

Tashkilotning noqonuniy faoliyati haqida prokuraturaga mazhabga berilib ketgan ayolning eri ma’lum qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova