Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerikaning Levi Strauss & Co kompaniyasi Google bilan sensorli matodan kurtkalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish haqida bitim tuzdi, deb yozadi N+.

Foto: N+

Foto: N+

Jinsi kurtka yengiga tok o‘tkazuvchi tolalardan sensorli mato bo‘lagi o‘rnatiladi. Ushbu hudud Bluetooth-modul va batareya bilan birgalikda yeng qaytarmasidagi olinadigan modulga joylashtirilgan boshqaruvchi chipga tugmalar bosilgani va (ekran ustidan) yurgizilgani haqidagi ma’lumotlarni uzatib turadi. Shu tariqa, foydalanuvchi yeng yuzasidan smartfonning ba’zi funksiyalarini boshqarishda foydalanishi mumkin.

Matoning o‘zi mexanik ta’sir yoki namlikdan qo‘rqmaydi, uni yuvishdan avval boshqaruvchi modul yengdan uzib qo‘yilishi kerak.

2016-yil kuzida Levi Strauss & Co kurtkani beta-sinovdan o‘tkazib, 2017-yil bahorida esa seriyali ishlab chiqarishni boshlashni rejalashtirmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Eldor Shomurodov Turin klubidan jiddiy taklif kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonda 3-dekabr kuni ob-havo yog‘ingarchiliksiz, lekin tumanli bo‘lishi kutilmoqda
Mahalliy
Toshkent tumanining Qozog‘iston bilan chegaradosh hududlaridagi xonadonlar buzilib, chegarani mustahkamlash obyektlari quriladi