Ispaniyaning “Sevilya” klubi Yevropa Ligasining final uchrashuvida “Liverpul” ustidan irodali g‘alabaga erishdi. Birinchi bo‘limda Angliya klubi hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lsada, ikkinchisida o‘z darvozasidan uchta gol o‘tkazib yubordi.Yevropa Ligasi tarixida hech bir klub ketma-ket uch bor chempionlikni qo‘lga kiritmagandi. Ispaniyaning “Sevilya” jamoasi bu ishni 1 ta murabbiy — Unai Emeri bilan amalga oshirib, tarixga kirdi.
Shuningdek, Yevropa Ligasida umumiy hisobda 5 bor zafar quchgan birinchi jamoa ham “Sevilya” bo‘ldi. Buning natijasida La Ligani 7-o‘rinda yakunlagan klub kelasi mavsumni Yevropa Chempionlar Ligasida o‘tkazadigan bo‘ldi.
“Liverpul” Yurgen Klopp boshqaruvida kelasi mavsumni xalqaro maydondan tashqarida o‘tkazadi. Angliya Premyer-ligasini 8-o‘rinda yakunlagan jamoa endi bor e’tiborini milliy chempionatga qaratishi mumkin.
Yevropa Ligasi FINAL 18-may, chorshanba
Izoh (0)