Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiyadagi Hurriyet gazetasi bosh muharriri Jan Dundar, gazetaning Anqara byurosi rahbari Erdem Gul davlat sirlarini oshkor qilganlikda aybdor deb topilib, besh yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga mahkum etildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

O‘tgan yil oxirida qo‘lga olingan jurnalistlar Suriya radikallariga Turkiya razvedkasi tomonidan qurol-yarog‘ yetkazib berilgani haqidagi maqola tufayli sudga tortilgan edi. Istanbul prokuraturasi ularni umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm etishni so‘ragandi.

Jurnalistlar davlatga xiyonat qilish, davlat sirlarini oshkor etish, ayg‘oqchilik, yolg‘on axborot tarqatish va davlat hokimiyati organlariga tuhmat qilishda ayblandi. Davlat to‘ntarishi uyushtirishga urinish bilan bog‘liq ayblov olib tashlandi.

Hukm ijrosi yuzasidan yakuniy qarorni Oliy sud qabul qiladi. Ayni paytda jurnalistlar ozodlikka chiqarib yuborildi.

Bugun, 6-may kuni sud eshituvi chog‘ida noma’lum shaxs bino tashqarisida Jan Dundarning joniga qasd qilgani haqida axborot berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun 20 trln soʻm kredit ajratiladi
Mahalliy
O‘zbekistonda energetika tizimida qayta tiklanuvchi energiya salohiyatiga tayaniladi
Mahalliy
Abduqodir Mo‘minov tovlamachilik va firibgarlikda ayblanmoqda