Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sochida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan uchrashuvi boshlandi. Abening Rossiyaga ishchi safarini “RBK” yoritmoqda.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

“Yaponiya shunchaki qo‘shnimiz emas, balki Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi eng muhim hamkorimizdir. Ma’lum voqealar tufayli ham siyosiy sohada, ham savdo-iqtisodiy aloqalarimizda ayrim masalalarimiz bor, ularga diqqat-e’tiborni talab qiladi”, — dedi Putin uchrashuv chog‘ida.

Dastavval muzokaralar tor doirada olib boriladi, shundan so‘ng davlat rahbarlari yuzma yuz uchrashuv o‘tkazadi, nihoyat, ish kuniga delegatsiyalar ishtirokidagi kengaytirilgan nonushta yakun yasaydi. Hujjatlarning imzolanishi va brifinglar ko‘zda tutilmagan.

Ilgariroq Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov tomonlar Kuril orollari muammosi hamda uning yuzasidan tinchlik shartnomasini tuzish masalasini muhokama qilishini bildirgan edi. Yaponiya tomonidan Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalar muhokamasi kun tartibidan o‘rin olmagan. Shuningdek, muzokaralar asnosida Suriya, Ukraina, Koreya yarim orolidagi vaziyat hamda BMT doirasidagi hamkorlik ko‘rib chiqiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda 7-fevral kuni 20 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda 
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi