Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Afg‘onistonda terrorchi guruhlar bilan aloqadorlikda gumon qilingan qariyb 200 kishi qo‘lga olindi. Bu haqda, Pajhwok agentligiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Hibsga olishlar Kapisa va Parvon viloyatlarida amalga oshirildi.

Jumladan, xavfsizlik xodimlari Parvon viloyatining Salang tumanida 150 kishini hibsga oldi. Bu shaxslarning bari ish qidirib mamlakat shimoliga ketayotgan edi.

Yana 40 kishi Kapisa viloyatining Gulbahor tumanida qo‘lga olindi. Ular ham shimolga ketayotgan paytda avtobus ichida tutildi.

Qo‘lga olinganlarning barchasi so‘roq uchun Milliy xavfsizlik direktoratiga yuborildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada zilzila qurbonlari soni 3 mingga yaqinlashdi, yangi silkinishlar qayd etildi
Shou-biznes
Gollivudning har qanday rolni maromiga yetkazib ijo etadigan aktyor va aktrisalari (foto) 
Mahalliy
Namangandagi uyda gaz portlab, 4 kishi tan jarohati oldi