Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Ikki nafar suriyalik Turkiya bosh vaziri Ahmet Davuto‘g‘liga Ko‘niya shahrida suiqasd uyushtirishga tayyorgarlikda ayblanib, hibsga olindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: AP

Foto: AP

Turkiya OAVlari ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat maxsus xizmatlari bosh vazir va boshqa yuqori martabali amaldorlarga ularning Ko‘niyaga tashrifi chog‘ida suiqasd uyushtirishni rejalashtirgan ekstremistik tashkilotni fosh qilgan. IShID bilan aloqadorlikda gumon qilinayotgan hibsga olinganlar 22-aprel kuni bo‘lib o‘tgan Davuto‘g‘li ishtirokidagi tadbirlarda o‘zlarini portlatmoqchi bo‘lgan.

Politsiya reydi davomida jami 11 kishi, jumladan, olti nafar Suriya fuqarosi qo‘lga olingan. Keyinchalik ularning to‘qqiz nafaridan mamlakatni tark etmaslik haqida tilxat olinib, qo‘yib yuborilgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonliklar uchun Haj va Umra narxlarini arzonlashtirish muhokama etildi
Mahalliy
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi (ro‘yxat)
Mahalliy
Samarqandda fuqaro 5 tup qarag‘ayni kesib, tabiatga salkam 90 mln so‘m zarar yetkazdi