Jizel D’Alyi van Uotershut van der Graxt 1912-yilda tug‘ilgan. O‘zi yashab o‘tgan 100 yildan oshiq vaqt davomida tuxum qovurish yoki kartoshka qaynatib yeyish uchun gaz plitasidan foydalanishni ham o‘rganmadi, deb yozadi liwli.
Uning otasi 1920-yillarda AQShning Royal Shell kompaniyasida ishlagan. Uning maoshi va meroslari Avstriyadagi butun bir qasrni ta’minlash uchun yetgan. Hashamat va farog‘at ichida yashab, Jizel o‘z kelajagi haqida qayg‘urmadi.
Ammo 18 yoshida otasining qistovi bilan ko‘ngliga quloq solib, san’atga ishtiyoqi borligini angladi. Parijga borib, rassomchilikka o‘qidi va o‘shandan buyon qo‘lidan mo‘yqalamni tushirmadi. Bir asrlik umri davomida dunyoning turli burchaklarida yashab ko‘rdi, biroq Amsterdamdagi katta va shinam uyda halovat topdi.
Jizel bir vaqtlar Amsterdam meriga turmushga chiqqan, ammo sakkiz yildan so‘ng undan beva qolgan edi. Shundan so‘ng u mustaqil ravishda ijod qilib, boylik to‘pladi. Uning asarlari mashhur va boy kishilarga yoqardi. O‘zi ishlab topgan pulga butun bir ko‘p qavatli uyni sotib oldi, ammo uning eng yuqori qavatidagina yashay boshladi.
Jizel 2013-yil mayida o‘z ustaxonasida vafot etdi. Oq shift, oq devorlar, mo‘l-ko‘l quyosh nuri va ko‘chadan eshitilayotgan mashinalar shovqini — u o‘zini baxtli his qilishi uchun kerak bo‘lgan ayni narsalar edi.
Izoh (0)