Rossiyalik tijoratchi, ONEKSIM investitsion jamg‘armasi xo‘jayini Mixail Proxorov o‘ziga tegishli 62 metrli Solemar superyaxtasini sotib yubordi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Yaxta 2003-yilda Gollandiyaning Amels kemasozlik korxonasida yasalib, 2011-yilda butunlay qayta jihozlab chiqilgan edi.
Kemadagi oltita kayuta jami 12 mehmonni sig‘dira oladi. Bortda, shuningdek, tungi klub, hovuz, jakuzi, ochiq kinoteatr va to‘liq jihozlangan sportzal bor.
Proxorov yaxtaga 27,5 million yevro narx o‘rnatgan edi.
Izoh (0)