Braziliya terma jamoasi va “Barselona” futbol klubi hujumchisi Neymarning Instagram ijtimoiy tarmog‘ida qoldirgan xabari muxlislarni xavotirga soldi. “Sports.ru” blogeri Arkhem Knight Neymar tomonidan Instagram’da qoldirilgan xabarning mazmunini e’lon qildi.
“Parvardigor, mening ezilgan qalbim seni chaqiradi va sening e’tiboringni so‘raydi. Men hayotimdagi eng qiyin damlarga duchor bo‘ldim. Boshlagan ishimni oxirigacha yetkazishga yordam ber. O‘zimni zaif deb o‘ylaganimda, o‘shanda kuchli bo‘laman. Sensiz men hech kim ekanimni o‘ylasam, imkonsiz natijalarga erishaman va g‘olib bo‘laman. Kuchim kamayib borayotganini sezyapman, ammo sening borliging kuchimni qayta tiklaydi. Parvardigor, meni yuqori natijalarga boshla. Men insonman va mukammal bo‘lish qo‘limdan kelmayapti”, — deya Instagram’da xabar qoldirdi Neymar.
Qayd etish joiz, Neymarning ushbu xabariga 134 mingdan ziyod izoh qoldirildi.
Izoh (0)