AQSh Senatining tijorat, fan va transport qo‘mitasida avtonom boshqaruvdagi avtomobillar istiqbollari yuzasidan o‘tkazilgan eshituvlar jarayonida General Motors konserni prezidentining strategik rejalashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinborsari Mayk Abelson yaqin ikki yil ichida Lyft avtonom boshqaruvdagi taksi servisi platformasi negizida haydovchilar boshqaradigan mashinalar chiqarilishini ma’lum qildi. Bu haqda 3DNews xabar bermoqda.
Lyft mijozlari bir necha yildan so‘ng o‘z safarlarida General Motors’ning yarim avtonom boshqaruvdagi avtomobillaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kompaniyalar yarim avtonom mashinalar ishi haqida ma’lumot to‘plab, shu asosda to‘liq o‘zi boshqariladigan texnologiyalarni rivojlantirish istiqbollari xususida tasavvur hosil qilishni rejalashtirmoqda.
Bir muddat ilgari General Motors va Lyft kompaniyalari hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, unga ko‘ra servis haydovchilari Express Drive avtomobillarini qisqa muddatga ijaraga olishi ko‘zda tutilgan edi. Bu maqsadlar uchun General Motors dastavval Chevy Equinoxes avtomobillari parkini taqdim etadi. Loyiha dastlab Chikagoda ishga tushiriladi, so‘ng Boston, Baltimor va Vashingtonni qamrab oladi.
Izoh (0)