Volkswagen avtokonserni 2017-yil oxiriga qadar Germaniyada faoliyat yuritayotgan 3 ming nafar xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters agentligiga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Aytilishcha, konsern “dizelli mojaro” bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini shu yo‘l bilan qoplamoqchi.
Joriy yilda Volkswagen investitsiyalar hajmini 1 milliard yevroga kamaytirishni hamda bir necha yuz vaqtinchalik ish o‘rinlarini qisqartirishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “dizelli mojaro” tufayli Volkswagen avtokonserni so‘nggi 15 yilda birinchi marta chorakni zarar bilan yopgan: 2015-yilning uchinchi choragi yakuni bo‘yicha ko‘rilgan zarar miqdori 3,48 milliard yevroni tashkil etdi.
Izoh (0)