O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Farrux Do‘stov Shvetsiyaning Yonkoping shahrida start olgan tennis turnirining yakkalik bahslaridagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
“Chellenjer” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqaning mukofot jamg‘armasi 42500 yevroni tashkil qiladi.
O‘zbekistonlik tennischi ilk davrada Bosniya va Gersegovina vakili Aldin Setkichga qarshi kortga chiqdi. Ikki set davom etgan uchrashuvda Do‘stov raqibini 7:6, 6:2 hisobida mag‘lub etdi. Taqqoslash uchun, Farrux Do‘stov dunyo reytingida 246, Aldin Setkich esa 201-o‘rinni egallab turibdi.
Musobaqaning ikkinchi davrasida o‘zbekistonlik tennischi ATP reytingida 194-o‘rinni egallab turgan fransiyalik Tristan Lamasinga qarshi kortga chiqadi.
Izoh (0)