Daryo

Havo haroratining iliqligi bo‘yicha Termizda 1963-yilgi rekord yangilandi, Samarqandda takrorlandi

Termiz shahrida 25-fevral kuni havo harorati +30,1 darajagacha, Samarqand shahrida esa +25,7 darajagacha ko‘tarildi

1 daqiqa o‘qish8 146 ko‘rishlar0 izoh0
Skrinshot: “O‘zgidromet”

Termiz shahrida 25-fevral kuni havo harorati +30,1 darajagacha, Samarqand shahrida esa +25,7 darajagacha ko‘tarildi, deya xabar bermoqda “O‘zgidromet” markazi.

Termiz. Foto: uz24.uz

Termizdagi qayd etilgan ko‘rsatkich meteorologik kuzatuvlarning 25-fevral tarixi bo‘yicha 1963-yilgi rekord (+27,7)ni yangilagan bo‘lsa, Samarqandda 53 yil avvalgi rekord (+25,7) takrorlandi.

Skrinshot: “O‘zgidromet”
Skrinshot: “O‘zgidromet”

2016-yilning yanvar—fevral oylari davomida Termizda 24-yanvar, 23-fevral va 25-fevral kunlari, Samarqandda esa 20-yanvar, 7-fevral va 25–fevral kunlari havo haroratining iliqligi bo‘yicha yangi rekordlar o‘rnatilgan edi.

Bundan tashqari, 2016-yilning 25-fevrali Toshkent shahri tarixida fevralning eng issiq kuni bo‘lgani haqida ham xabar berilgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar