Daryo

Termizda havo haroratining issiqligi bo‘yicha 1963-yilgi rekord yangilandi

Termizda 24-yanvar kuni havo harorati +19,9 darajagacha ko‘tarildi

1 daqiqa o‘qish11 686 ko‘rishlar0 izoh0

Termizda 24-yanvar kuni havo harorati +19,9 darajagacha ko‘tarildi. “O‘zgidromet” axborotiga ko‘ra, bu kuzatuvlarning 24-yanvar tarixi bo‘yicha yangi rekord ko‘rsatkichdir.

Foto: O‘zA

Termiz shahrida bungacha 24-yanvardagi eng eng iliq havo 1963-yilda kuzatilgan, o‘shanda harorat 19,8 darajagacha ko‘tarilgan.

Qayd etish joiz, shahardagi eng sovuq 24-yanvar 2008-yilda qayd etilgan — havo harorati -15,9 darajagacha tushib ketgandi.

Ma’lumot uchun, 24-yanvar kuni Toshkent shahrida havo harorati +16,7 darajagacha, Samarqand shahrida +18,7 darajagacha, Nukusda esa +12,5 darajagacha ko‘tarildi.

Avvalroq, 2016-yilning 9-yanvari Termiz tarixidagi eng issiq 9-yanvar bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Samarqand, Nukus shaharlarida ham yangi rekord ko‘rsatkichlar qayd etildi.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar