Daryo

Samarqand, Termiz va Nukusda havo haroratining iliqligi bo‘yicha 1963-yilgi rekordlar yangilandi

22-fevral kuni Toshkentda havo haroratining iliqligi bo‘yicha 121 yillik rekord yangilangan edi

1 daqiqa o‘qish10 915 ko‘rishlar0 izoh0
Skrinshot: “O‘zgidromet”

24-fevral kuni havo harorati Samarqand shahrida +25,7 darajagacha, Termizda +27,5 darajagacha, Nukusda esa +26,4 darajagacha ko‘tarildi, deya xabar bermoqda “O‘zgidromet”. Bu meteorologik kuzatuvlarning 24-fevral tarixi bo‘yicha uchala shaharda qayd etilgan yangi rekordlardir.

Foto: Facebook / Aleksey Tudakov (arxiv fotosi)

Samarqand, Termiz va Nukusda havo haroratining iliqligi bo‘yicha 24-fevral tarixidagi avvalgi rekordlar 1963-yilda o‘rnatilgan edi. O‘shanda Samarqand shahrida havo harorati +24,6 darajagacha, Termizda +26,9 darajagacha, Nukusda esa +20,2 darajagacha ko‘tarilgan.

Skrinshot: “O‘zgidromet”
Skrinshot: “O‘zgidromet”
Skrinshot: “O‘zgidromet”

2015—2016-yilgi qish mavsumi, ayniqsa, yanvar va fevral oylari O‘zbekistonda odatdagidan iliq keldi. Toshkent, Samarqand, Termiz va Nukus shaharlarida yanvar va fevral oylarining alohida kunlarida bungacha ham bir necha bor havo haroratining iliqligi bo‘yicha yangi rekordlar o‘rnatilgandi.

Xususan, 22-fevral kuni Toshkentda havo haroratining iliqligi bo‘yicha 121 yillik rekord yangilangan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar