Daryo

Havo haroratining iliqligi bo‘yicha Samarqandda 1967-yilgi, Nukusda 1983-yilgi rekord urildi

Avvalroq Nukusdagi iliq havo 1986-yilgi rekordni urgani haqida xabar berilgan edi

1 daqiqa o‘qish9 144 ko‘rishlar0 izoh0
Skrinshot: “O‘zgidromet”

Samarqand shahrida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy markazi Nukusda yanvar oyida havo haroratining iliqligi bo‘yicha navbatdagi rekordlar urildi. Bu haqda “O‘zgidromet” axborot berdi.

Foto: Facebook / Aleksey Tudakov (arxiv fotosi)

Ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand shahrida 20-yanvar kuni kunduzi havo harorati +20 darajaga yetgan. Bu barcha kuzatuvlarning 20-yanvar tarixi bo‘yicha Samarqandda 1967-yil 20-yanvarida o‘rnatilgan rekord harorat — +16,8 dan 3,2 daraja yuqoridir.

Skrinshot: “O‘zgidromet”

Nukus shahrida 20-yanvar kuni havo harorati +12,7 darajagacha ko‘tarilgan. Nukusda 20-yanvardagi bundan avvalgi rekord iliq harorati 1983-yili o‘rnatilgan edi — o‘shanda havo harorati kunduzi Selsiy bo‘yicha -10,3 darajani qayd etgan.

Skrinshot: “O‘zgidromet”
Avvalroq, Nukusdagi iliq havo 1986-yilgi rekordni urgani haqida xabar berilgan edi.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar