Daryo

Termizda havo haroratining iliqligi bo‘yicha 53 yil avvalgi rekord yangilandi

Surxondaryo viloyati ma’muriy markazi Termiz shahrida 23-fevral, seshanba kuni havo harorati +26 darajagacha ko‘tarildi

1 daqiqa o‘qish9 146 ko‘rishlar0 izoh0
Skrinshot: “O‘zgidromet”

Surxondaryo viloyati ma’muriy markazi Termiz shahrida 23-fevral, seshanba kuni havo harorati +26 darajagacha ko‘tarildi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.

Foto: O‘zA

Bu meteorologik kuzatuvlarning 23-fevral tarixi bo‘yicha Termiz shahrida qayd etilgan yangi rekorddir. 23-fevral tarixidagi bundan avvalgi eng yuqori harorat 1963-yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda havo harorati +24,6 darajagacha ko‘tarilgan edi.

Skrinshot: “O‘zgidromet”

Termizda 2016-yil davomida bungacha ham — 24-yanvar kuni havo haroratining iliqligi bo‘yicha rekord qayd etilgan edi. O‘shanda havo harorati +19,9 darajagacha ko‘tarilib, 1963-yil 24-yanvaridagi rekorddan +0,01 daraja o‘tib ketgandi.

Avvalroq, 22-fevral kuni Toshkent shahrida havo haroratining iliqligi bo‘yicha 121 yil avvalgi rekord yangilangani haqida xabar berilgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar