Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahrida 22-fevral, dushanba kuni havo harorati +23,4 darajagacha ko‘tarilib, meteorologik kuzatuvlarning 22-fevral tarixidagi 1895-yilda o‘rnatilgan rekordni yangiladi. Bu haqda, “O‘zgidromet” markaziga asoslanib, UZ24 xabar bermoqda.

Foto: Wikipedia

Foto: Wikipedia

22-fevral tarixidagi avvalgi rekord bundan 121 yil avval — 1895-yilda o‘rnatilgan bo‘lib, o‘shanda havo harorati 22,9 darajagacha ko‘tarilgan. Qayd etish joiz, 1895-yil fevralining ikkinchi yarmi iliq kelgan. “O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sha yili 21-fevral kuni havo harorati +23,8 darajagacha ko‘tarilgan.

Skrinshot: “Meteo.uz”

Skrinshot: “Meteo.uz”

Avvalroq bir qator saytlarda, meteorologik kuzatuvlarning faqat 22-fevraldagi ma’lumotlariga asoslangan holda, Toshkent shahrida so‘nggi 110 yildagi eng iliq fevral kuzatilgani haqida axborot paydo bo‘lgandi. Ta’kidlash joiz, rekord iliq havo faqat bir kun — 22-fevralga aloqador va u 110 emas, 121 yillik rekorddir.

2016-yilning yanvar—fevral oylari favqulodda iliq keldi. Bungacha ham yanvar va fevral oylarining alohida kunlarida Toshkent, Termiz, Samarqand va Nukusda havo haroratining iliqligi bo‘yicha yangi rekordlar o‘rnatilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Dunyo
Saakashvilining organizmida margimush topildi — advokat
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Volodin boshchiligidagi Rossiya parlament delegatsiyasini qabul qildi (foto)