AQSh prezidentligiga nomzod, milliarder Donald Trampning fikricha, Apple korporatsiyasi Federal qidiruv byurosiga “San-Bernardino mergani”ning telefonini ochishda yordam berishi lozim edi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Sud qaroriga muvofiq, korporatsiya shu paytga qadar terrorchining mobil uskunasi ma’lumotlariga buzib kira olmayotgan FQB xodimlariga maxsus dasturiy ta’minot taqdim etishi talab qilinadi.
Korporatsiya rahbari Tim Kuk, o‘z navbatida, sud qaroriga rasmiy e’tiroz bildirilishini ta’kidlab o‘tdi.
Ammo Donald Trampning fikricha, bu masalada Apple rahbariyati nohaq. Shu munosabat bilan u AQSh fuqarolariga kompaniya mahsulotlariga nisbatan boykot e’lon qilish taklifini berdi.
“Apple’ni ular tegishli axborotni taqdim etmaguniga qadar boykot qiling!”, – deb ta’kidladi siyosatchi Janubiy Karolina shtatidagi saylovoldi tadbirlaridan biridagi chiqishi chog‘ida.
Izoh (0)