Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning Murmansk viloyatidagi Yukspor tog‘idan tushgan qor ko‘chkisi ostidan uchinchi kishining jasadi topildi. Bu haqda Tergov qo‘mitasining viloyat bo‘yicha boshqarmasi vakillari ma’lum qilgan, deya xabar beradi “RBK”.

Foto: “Severpost.ru”

Foto: “Severpost.ru”

Kirovsk shahrida qor ko‘chkisi 18-fevral, payshanba kechki payt ro‘y berdi. Tergovning bildirishicha, ko‘chkiga “Apatit” aksiyadorlik jamiyati tomonidan o‘tkazilgan portlatish ishlari sabab bo‘lgan. Qor uyumini tushirish uchun 46 kilogramm portlovchi qurilma ishlatilgan, buning natijasida tog‘dan 100 ming kub metrdan ortiq qor tushgan.

O‘sha kunning o‘zida ko‘chkiga qarshi xizmat xodimi nobud bo‘lgani bildirildi. Oradan ikki kun o‘tib, yana bir erkakning jasadi topilgandi. Ayni paytda hodisa joyida tezkor tergov guruhi ishi davom etmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda 7-fevral kuni 20 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda 
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on telefon orqali muloqot qildi