Hindiston shimolida joylashgan Xaryon shtatidagi norozilik namoyishlari politsiya bilan to‘qnashuvlarga olib keldi va buning oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Hindiston qurolli kuchlari bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Namoyishlar bo‘lib o‘tayotgan hududga harbiylar yuborilgan.
Shtatning sakkizta okrugida eng shiddatli namoyish harakatlari qayd etilgan. Roxtak va Bxivani okruglarida komendant soati joriy qilinib, xavfsizlik kuchlariga ogohlantirishsiz o‘t ochishga ruxsat berilgan.
Jata qabilasi davlat xizmati va oliy o‘quv dargohlarida kvota ajratishni talab qilib uyushtirgan tartibsizliklar oqibatida 15 kishi tan jarohati olgan. Bir qator hududlarda maktablar yopilib, uyali aloqa operatorlari telefon yordamida internetga ulanish va sms xabarlaridan foydalanishni bekor qilgan.
Izoh (0)