Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh sudi Apple korporatsiyasiga Federal qidiruv byurosi va Adliya vazirligining “San-Bernardino mergani” deya nom olgan terrorchi Said Faruqga tegishli iPhone 5c telefonini buzish yuzasidan so‘roviga javob berish uchun qo‘shimcha uch kun muhlat berdi. Bu haqda “RBK” ma’lum qildi.

Foto: “163gorod.ru”

Foto: “163gorod.ru”

Mazkur qaror kompaniya, avval ko‘zda tutilganidek, 23-fevral emas, 26-fevral kuni javob berishi lozimligini anglatadi. 16-fevral kuni federal sudya Sheri Pim buning uchun 5 ish kunidan iborat vaqt ajratgandi. Sudya qaroriga ko‘ra, Apple 2015-yilning 2-dekabr kuni San-Bernardinodagi nogironlarga yordam ko‘rsatish markaziga hujum uyushtirgan va 14 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan Said Faruqning telefonidagi ma’lumotlar bilan tanishish uchun tergovchilarga “texnik yodam” ko‘rsatishi zarur.

Ammo Apple FQBga yordam berishdan bosh tortdi. Apple’ning bu qarorini Google, WhatsApp, Facebook va Twitter qo‘llab-quvvatladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
“Chelsi” qishki transferlar oynasida top-4 liga klublari sarflagan jami puldan ham ko‘proq xarajatni amalga oshirdi
Biznes
Toshkent shahrida kvartiralar narxi qanday o‘zgargani tahlil qilindi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Bo‘ston tumanida ish o‘rinlarini ko‘paytirish kerakligini aytdi