Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev yaqin vaqtlargacha neft va gaz savdosidan tushgan daromad Rossiya byudjeti daromadlari umumiy summasining 70 foizini tashkil qilganini aytdi, deb yozadi Meduza.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Yaqindagina bizda uglevodorodlardan tushgan daromad davlat byudjeti daromadlarining taxminan 70 foizini tashkil etardi. Ya’ni biz mana shu igna ustida o‘tirardik. Keyinroq 55 foizga, hozir esa 45 foizga tushdi”, — dedi Medvedev “Yagona Rossiya” partiyasi oliy va bosh kengashlariga nomzodlar bilan uchrashuvda.

Bosh vazir so‘zlariga ko‘ra, neftning narxi pasaygan davrda Rossiya iqtisodiyoti tuzilmasini o‘zgartirish zarur. Uning fikricha, past narxlar “umuman olganda, bizga xalal bermoqda”, ammo ular yana barreliga 140 dollargacha ko‘tarilsa, unda “yana hamma erkin nafas oladi”.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi