Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya Davlat dumasi Primorye safari bog‘idagi echki Timurning deputatlikka “da’vo qilishi” yuzasidan izoh berdi. Avvalroq safari bog‘i direktori Dmitriy Mezensov yuqoridagi tashabbus bilan chiqqan edi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“Biz deputat sifatida odamlar uchun qonun ishlab chiqarish ustida ishlaymiz. Agar janob Mezensov bizni echki bilan taqqoslasa, buni bog‘ direktorining tarbiyasidan ko‘rish mumkin”, — deydi Davlat dumasi ishini tashkil etish qo‘mitasi rais o‘rinbosari Aleksandr Kurdyumov.

U Mezensov Timurni nega o‘z shahrining meri yoki ijroya hukumati bilan taqqoslamaganligiga qiziqdi va safari bog‘i direktori “go‘yoki barchasi uchun aybdor”, “Rossiyada eng ko‘p haqorat qilinadigan kishilar”ni tanlaganligini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga qaraganda, echkini Davlat dumasi bilan taqqoslash yaxshi emas va beadablik hisoblanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Salomatlik
Ishtahangiz karnaymi: hamisha ovqat yeyish istagi qiynaganda nima qilish kerak?
Dunyo
“O‘lim junglisi”: 400 mingga yaqin muhojir halokatli yo‘l orqali Panamadan AQSHga o‘tmoqda
Mahalliy
Toshkent va Andijon o‘rtasida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi